Ishtirokchilarga sport, ekologiya, xayriya, kitobxonlik va ilm-fan kabi yo‘nalishlarda targ‘ibot qilish hamda shu yo‘nalishlarda amaliy faoliyat olib borish vazifalari berildi. Vazifalar ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratish va amaliy tadbirlar tashkil qilish kabi ikki qismdan iborat bo‘lib, ishtirokchilar o‘z kreativ yondashuvlarini namoyish qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.